14.02.2026
5
HIND OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA GENDER STEREOTIPLARINING TIL ORQALI IFODALANISHI

Muallif: Nazrullayeva, Gulnoza Karimbek qizi

Annotatsiya: Bugungi globallashuv sharoitida gender tenglik jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni sifatida e’tirof etilmoqda. Gender masalasi nafaqat huquqiy yoki ijtimoiy jihatdan, balki madaniy va kommunikativ jarayonlar orqali ham shakllanadi. Shu jihatdan ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi, chunki ular orqali jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, qadriyatlari va xulq-atvori shakllanadi. Hind ommaviy axborot vositalarida — filmlar, seriallar va reklamalarda — erkak va ayol obrazlari til orqali tasvirlanadi va bu gender stereotiplarining mustahkamlanishiga yoki yumshatilishiga ta’sir qiladi. Mazkur maqolada hindiy tilida ishlatiladigan leksik, grammatik va stilistik vositalar yordamida gender stereotiplari tahlil qilinadi, shuningdek, zamonaviy hind OAVda gender tenglik g‘oyalarining aks etishi va ularning jamiyat ongiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijalar media va ta’lim jarayonida gender tenglikni targ‘ib qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: gender tenglik, gender stereotiplari, hind ommaviy axborot vositalari, seriallar, filmlar, reklama, til tahlili.

Jurnaldagi sahifalar: 606 - 310

Yuklab olish