08.10.2026
11
HIND JAMIYATIDA GENDER NOMUTANOSIBLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AN’ANAVIY URF-ODATLAR VA DINIY MAROSIMLARNING O‘RNI

Muallif: Xayrullayeva, Iroda Faxriddinovna

Annotatsiya: Hind jamiyati o‘zining qadimiy sivilizatsiyon ildizlari, murakkab ijtimoiy tuzilmalari va xilma-xil diniy an’analari bilan ajralib turadi. Biroq ushbu tarixiy-madaniy boylik bilan bir qatorda, gender tengsizligi masalasi ham uzoq asrlar davomida jamiyatning ajralmas muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Gender tengsizligi nafaqat iqtisodiy va siyosiy omillar bilan, balki chuqur ildiz otgan an’anaviy urf-odatlar va diniy marosimlar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur maqolada hind jamiyatida mavjud bo‘lgan gender tengsizligining tarixiy, ijtimoiy va madaniy ildizlari chuqur tahlil qilinadi hamda ushbu nomutanosiblikning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan an’anaviy urf-odatlar va diniy marosimlar qiyosiy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan majburiy ijtimoiy-amaliy tizimlar jumladan, patriarxal nazorat, sati, nikoh va bevalik bilan bog‘liq an’anaviy cheklovlar, ijtimoiy rolni tartibga soluvchi diniy urf-odatlar ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Shu bilan birga, erkaklarga xos bo‘lgan diniy marosimlar masalan, asketizm, tanani qiynashga asoslangan ruhiy poklanish amaliyotlari va boshqa marosimlarning ko‘proq ixtiyoriy xarakterga ega ekanligi ham ochib beriladi. Shuningdek, maqolada tarixiy davrlar kesimida mazkur urf-odat va marosimlarning transformatsiyasi, ularning zamonaviy hind jamiyatidagi ta’siri ham muhokama qilinadi. Ilmiy tahlil natijasida gender tengsizligini bartaraf etishda faqat huquqiy islohotlar emas, balki madaniy va diniy stereotiplarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi xulosasi ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: gender tengsizligi, hind jamiyati, patriarxat, diniy marosimlar, urf-odatlar, erta nikoh, sep, jauhar, saka, thaipusam, tapasya, brahmacharya, ixtiyoriylik, madaniy stereotiplar.

Jurnaldagi sahifalar: 179 - 185

Yuklab olish