Muallif: Qurbonov, Farhodjon Xabibloyevich
Annotatsiya: Mazkur maqolada hind falsafasida “komil inson” tushunchasining mazmun mohiyati tahlil qilinadi. Vedalar, Upanishadlar, “Bhagavad-gita”, Yoga va Buddaviylik ta’limotlarida mukammallikka erishishning turli talqinlari ilmiy yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Hind falsafasida komillik shaxsning ruhiy-axloqiy va ma’naviy poklanishi, kosmik tartib bilan uyg‘unlashuvi va mokshaga – ruhiy ozodlikka erishishi jarayoni sifatida talqin etiladi. Shuningdek, komil inson konsepsiyasi individual kamolot bilan bir qatorda ijtimoiy burch va jamiyat manfaatlariga xizmat qilish bilan ham bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hind falsafiy tafakkurida komil inson ideali insonni nafaqat shaxsiy ma’naviy yuksalishga, balki butun jamiyat farovonligiga hissa qo‘shishga undovchi umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Kalit so'zlar: Hind falsafasi, komil inson, Vedanta, Upanishad, Bhagavad-gita, Yoga, Buddaviylik, Atman, Brahman, moksha, karma, ruhiy ozodlik, ma’naviy kamolot.
Jurnaldagi sahifalar: 409 - 413