Muallif: Abdullayev, Sherzod Komilovich
Annotatsiya: Gravitatsiya — koinotning eng asosiy va muhim kuchlaridan biri bo‘lib, u butun olamdagi jismlarning o‘zaro tortishish mexanizmini boshqaruvchi fundamental omildir. Bu kuchning ta'siri hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli bo‘lib, oddiy yerda yurishdan tortib, sayyoralar va yulduzlar harakatigacha, hattoki koinotning eng yirik va murakkab hodisalarigacha o‘z aksini topadi. Gravitatsiya tufayli biz Yer yuzasida mustahkam turamiz, Oy Yer atrofida aylanadi va Quyosh tizimi o‘z me'yorida faoliyat yuritadi. Uning qonuniyatlarini o‘rganish nafaqat zamonaviy ilm-fan, balki butun insoniyatning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: Borliq, olamni anglash va bilish, og`irlik markazi, quyosh tizimi, galaktika, vazn, muvozanat, qadimgi nazariyalar, yer, bosim.
Jurnaldagi sahifalar: 792 - -796