Muallif: Shomuqimov, Lutfullo Rustam o‘g‘li; Izzetova, E.M.
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ildizlari hamda taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi jadidchilik g‘oyalarining genezisini aniqlash, ularning rivojlanish dinamikasini ochib berish va mintaqadagi modernizatsiya jarayonlariga ta’sirini ilmiy asosda yoritishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati Sharq va G‘arb ma’rifiy an’analarining sintezi asosida shakllangan bo‘lib, u ta’lim tizimini isloh qilish, milliy ongni uyg‘otish va jamiyatni modernizatsiya qilishda muhim omil bo‘lgan. Xulosa sifatida, jadidchilik Turkiston ijtimoiy tafakkurida yangi bosqichni boshlab bergan kompleks ma’rifiy va islohotchilik harakati sifatida baholanadi.
Kalit so'zlar: Jadidchilik, usuli jadid, ijtimoiy-madaniy progress, modernizatsiya, ma’rifatparvarlik, milliy matbuot, islohot, Ismoil Gasprinskiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy.
Jurnaldagi sahifalar: 370 - 374