Muallif: Abduraximova, Dilaram Abdukarimovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asrda insoniyat taraqqiyoti uchun muhim boʻlgan din, aql va erkinlik uygʻunligi masalasi falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada Sayid Muhammad Xotamining “Sivilizatsiyalar muloqoti” konsepsiyasi asosida madaniyatlararo tushunish, sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqot va adolatli global tartibni shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, dinni aqlga qarshi qoʻyish yoki erkinlikni maʼnaviyatdan ajratish kabi qarashlarning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, haqiqiy taraqqiyot din, aql va erkinlikning oʻzaro uygʻunligi asosida taʼminlanishi asoslab beriladi. Xotamining “Ikki kitob” konsepsiyasi – Tabiat kitobi va Ilohiy Vaxiy orqali inson aqliy bilimining ahamiyati koʻrsatib beriladi. Tadqiqotda sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqot, oʻzaro hurmat, madaniy xilma-xillikni tan olish va adolat tamoyillari barqaror global tartibning muhim asoslari sifatida talqin etiladi.
Kalit so'zlar: din, aql, erkinlik, sivilizatsiyalar muloqoti, madaniyatlararo tushunish, global tartib, adolat, maʼnaviyat, plyuralizm.
Jurnaldagi sahifalar: 175 - 178