Muallif: Egamberdiyev, Abduvahob Abdurasul o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Qashg‘ar, Mongoliya, G‘arbiy Xitoy va Eron bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda “Turkestanskiy kurer”, “Russkie vedomosti”, “Vestnik finansov”, “Novoe vremya” gazetalari hamda konsullik hisobotlari materiallari asosida Rossiyaning Sharq mamlakatlari bilan savdo siyosati, eksport-import tarkibi, karvon yo‘llari va transport infratuzilmasi o‘rganilgan. Xususan, Chuysk va Buxtarma traktlarining Mongoliya savdosidagi o‘rni, Qashg‘ar bozorining iqtisodiy xususiyatlari, kerosin savdosidagi logistika muammolari hamda Eronning G‘ilon provinsiyasi orqali olib borilgan savdo aloqalari yoritilgan. Shuningdek, barter savdosi, choy va kumush muomalasi, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarining rivojlanishi hamda xalqaro iqtisodiy raqobat masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Rossiya imperiyasining Sharqdagi iqtisodiy va geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishda savdo aloqalari muhim o‘rin tutganligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasi, Qashg‘ar, Mongoliya, Eron, savdo aloqalari, karvon yo‘llari, eksport-import, G‘ilon, kerosin savdosi, Kyaxta savdosi.
Jurnaldagi sahifalar: 157 - 166