Muallif: Isroilova, Shaxnoza Tolkinovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada axloqiy idealning prakseologik jihatlari ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda axloqiy idealning faqat normativ va aksiologik tizim sifatida emas, balki insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini tartibga soluvchi va yo‘naltiruvchi amaliy mexanizm sifatidagi mohiyati ochib beriladi. Axloqiy idealning inson faoliyatida namoyon bo‘lish shakllari, uning samaradorlik bilan dialektik aloqasi hamda zamonaviy global va raqamli transformatsiyalar sharoitida uning mazmuniy o‘zgarishlari kompleks tarzda yoritiladi. Tadqiqot natijalari axloqiy idealning prakseologik talqini inson faoliyatining ma’naviy asoslanganligini ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish konsepsiyasini chuqurlashtirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi
Kalit so'zlar: axloqiy ideal, prakseologiya, axloqiy faoliyat, qadriyatlar tizimi, deontologiya, aksiologiya, mas’uliyat, samaradorlik, ijtimoiy amaliyot, barqaror rivojlanish
Jurnaldagi sahifalar: 229 - 235