Muallif: Sadullayev, Sardor Saydiganiyevich
Annotatsiya: Ushbu maqola Artur Shopengauerning falsafasi, xususan, uning iroda, axloq va taqvodorlik tushunchalariga bag‘ishlangan. Shopengauer nuqtai nazaridan iroda ongsiz va kо‘r-kо‘rona kuch sifatida dunyoning asosiy yaratish tamoyilidir. U axloqiy ongni hamdardlikka asoslaydi, bu esa insonlarning birdamligi va xudbinlikni yengishning negizi deb hisoblanadi. Shopengauerning ezgulik va hayot irodasi о‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlari tahlil qilinadi: axloqiy inson iztiroblarni bilish orqali taqvodorlikka intiladi, bu esa irodani inkor qilish va nihoyatda falsafiy tushkunlik yoki oliy xotirjamlikka olib boradi. Maqolada Shopengauerning о‘z-о‘zini о‘ldirish, palingeneziya va nirvana haqidagi qarashlari ham yoritilgan. Ushbu tahlil mutafakkirning pessimistik dunyoqarashi va axloqiy falsafasining chuqur ma’nolarini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Iroda, ong (shuur), tasavvur, estetik mushohada, axloqiy ong, hamdardlik, adolat, insonsevarlik, irodani sо‘ndirish, taqvodorlik, palingeneziya, ekstaz, falsafiy pessimizm.
Jurnaldagi sahifalar: 808 - 813