Muallif: Azimova, Nigora Sabitovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada arab tilidagi yordamchi so‘zlarning semantik va grammatik tasnifi, ularning sintaktik vazifalari hamda gap tarkibidagi boshqaruv xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda arab tilshunoslari, xususan Antuan Dahdah va B.M. Grande ilmiy qarashlari asosida yordamchi so‘zlarning ma’no ifodalashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, yordamchi so‘zlarning morfologik tuzilishi, semantik guruhlari va grammatik funksiyalari tizimli ravishda tavsiflangan.
Kalit so'zlar: arab tili, yordamchi so‘zlar, semantika, morfologiya, sintaksis, predlog, bog‘lovchi, grammatik boshqaruv, Antuan Dahdah.
Jurnaldagi sahifalar: 4 - 11