Muallif: Ikramova, Iroda Rixsivayevna
Annotatsiya: Mazkur maqolada Andalusiyada islom falsafasining shakllanish jarayoni, uning tarixiy-falsafiy asoslari hamda evolyutsion taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida musulmon Ispaniyasida ilm-fan va falsafaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar yoritiladi. Maqolada Andalusiya falsafiy maktabining yunon falsafasi merosini qayta talqin qilishdagi o‘rni, aql va vahiy munosabatiga oid qarashlari hamda Yevropa sxolastik falsafasiga ko‘rsatgan ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Andalusiya islom falsafasi nafaqat musulmon dunyosi, balki jahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotida muhim ilmiy-ma’naviy markaz bo‘lgani asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Musulmon Ispaniyasi, islom falsafasi, Andalusiya, e’tiqod, aql, Ibn Tufayl, Ibn Bojja, Ibn Rushd.
Jurnaldagi sahifalar: 62 - 67