22.06.2025
59
ALISHER NAVOIYNING “XAZOYIN UL-MAONIY” (“BADOEʼ UL-VASAT” DEVONI) ASARIDA AXLOQIYLIK VA INSON MUAMMOLARI.

Muallif: Tursunkulova, Shaxnoza Tuychiyevna; Bobonazarov, Usmonali Mustafoyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada, Alisher Navoiy ijodining o‘ziga xos bosqichi bo‘lgan “Badoeʼ ul-vasat” devonidagi axloqiylik va insoniy go‘zallik konsepsiyasi tahlil etiladi. Shoirning axloqiy-estetik qarashlari, go‘zallikni ilohiylik, ruhiy yetuklik va axloqiy mukammallik bilan bog‘lab talqin etishi falsafiy nuqtai nazardan ochib beriladi. Shuningdek, go‘zallikning iztirob va komil inson g‘oyasi bilan uyg‘unligi zamonaviy falsafiy-estetik qarashlar bilan solishtirilib baholanadi.

Kalit so'zlar: axloqiylik, go‘zallik, estetik tafakkur, ishq, ma’naviy kamolot, ilohiylik, ichki dunyo, tasavvuf.

Jurnaldagi sahifalar: 847 - 853

Yuklab olish