Muallif: Sultanova, Feruza; Ikramova, Iroda
Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy va Mahatma Gandining axloq, insonparvarlik hamda ideal jamiyat haqidagi qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Navoiy asarlaridagi komil inson, adolat, mehr-oqibat va jamiyat farovonligi haqidagi qarashlari Gandi ta’limotidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash (ahimsa), haqiqatparvarlik va ijtimoiy tenglik g‘oyalari bilan solishtiriladi. Maqolada ikki buyuk mutafakkirning turli tarixiy va madaniy muhitda yashaganiga qaramay, ularning inson qadri, axloqiy poklik va jamiyatni takomillashtirish borasidagi fikrlari o‘xshash jihatlarga ega ekanligi ochib beriladi. Shuningdek, ularning qarashlari bugungi zamonaviy jamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy,Mahatma Gandi, axloq, insonparvarlik, ideal jamiyat, komil inson, ahimsa, adolat, ma’naviyat, ijtimoiy tenglik, falsafiy qarashlar, qiyosiy tahlil.
Jurnaldagi sahifalar: 395 - 399