Muallif: Qurbonov, Farhodjon Xabibloyevich
Annotatsiya: Alisher Navoiy olam va odam mohiyati haqida ko‘p bosh qotirgan, tiriklik va o‘lim sabablari ustida muttasil mulohaza yuritgan, inson hayotining maqsadi, ma’no-mazmuni xususida bir umr o‘ylagan. Uning chuqur bilim, keng dunyoqarash, katta hayotiy tajriba, olimona teran tafakkur va shoirona o‘tkir nigoh bilan uyg‘unlashgan fikr-mulohazalari, falsafiy xulosalari hikmatlarida mujassamlashib, butun dunyo xalqlari tomonidan e’rtirof etilmoqda. Navoiy temuriylar davrining murakkab sharoitida, jamiyatda ziddiyatlar avj olgan, temuriyzodalarning hokimiyat uchun kurashlari kuchaygan davrda yashadi va ijod qildi. U o‘z davridagi yaqin va o‘rta Sharq, O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi, ilm-fani, madaniyati, antik davr yunon, o‘rta asr arab, eron, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy, diniy va dunyoviy bilimlarini, tasawuf ta’limotini Chuqur va mukammal egallagan. Bu narsa uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga, shubhasiz, katta ta’sir ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, falsafa, komil inson, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, olam va odam, tarixiy rivojlanish.
Jurnaldagi sahifalar: 686 - 694