Muallif: Qahramonov, Samandar; Sulaymonov, J.B.
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ali Shariatiy ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari an’anaviy talqinlardan farqli ravishda “ong inqilobi” paradigmasi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Shariatiy nazariyasining markazida tashqi siyosiy o‘zgarish emas, balki ichki ongiy transformatsiya turishi asoslab beriladi. Shuningdek, uning qarashlari G‘arbning ekzistensializm va dekolonial tafakkuri bilan qiyosiy tahlil qilinib, Shariatiy tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy o‘zgarish modeli epistemologik nuqtai nazardan qayta talqin qilinadi.
Kalit so'zlar: ong inqilobi, transformatsiya, epistemologiya, diniy ong, dekolonial tafakkur, ijtimoiy subyekt
Jurnaldagi sahifalar: 161 - 166