Muallif: Pulatov, Sherdor Nematjonovich
Annotatsiya: Jahon sivilizatsiyasining bugungi taraqqiyotiga tamal toshini qo‘ygan buyuk Sharq yuzlab, minglab daholarni etishtirgani hech kimga sir emas. Bu allomalarning ma’naviy kamoloti va axloqiy fazilatlari avloddan-avlodga bitmas-tuganmas xazina sifatida o‘tib kelmoqda. Chunki Sharqda hayotga munosabat axloqiylik, ma’naviy izlanish va komillik falsafasi asosiga qurilgan. Sharqona milliy-madaniy qadriyatlarning boy va sermazmun, falsafiy-milliy manzarasini G‘arb dunyosi ham yangi asrga kelib anglab yetmoqda. G‘arbliklarning ruhiyatida shakllanib borayotgan sharqona dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyatlarining ijobiy jihatlari haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Sharqda mavjud bo‘lgan ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi butun g‘arbga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Demak, G‘arb falsafasi va axloqiy, etik qarashlarining shakllanishida “Sharq madaniy merosining ta’siri kattadir. Jahon ilm-fanidagi buyuk olimlardan biri Ahmad Al-Farg‘oniyning ilmiy merosi dolizarb ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so'zlar: Sharq, G‘arb, Uyg‘onish, Ahmad Al-Farg‘oniy, ilm-fan, falsafa, astronomiya, koinot, fazo, makon.
Jurnaldagi sahifalar: 281 - 294