31.05.2026
42
ABU YUSUF ASARLARINING FIQH ILMIGA OID MANBA SIFATIDAGI AHAMIYATI

Muallif: Raxmonov, Abduqahhor Absattorovich

Annotatsiya: Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir bo‘lib, fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining taraqqiy etishida uning xizmatlari katta hisoblanadi. Аbu Yusuf yashagan davr islom olamida Ummaviylar va ilk Аbbosiylar boshqaruvi davri hisoblanadi. Xalifalikda notinchliklar bo‘lsa-da, biroq islomiy bilimlar muhiti saqlanib qolgan edi. Аbu Yusuf o‘z davrining siyosiy, diniy, ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy muhiti mahsulidir. Shunga ko‘ra, uning qarashlari aks ettirilgan fikrlar, muammo va takliflar uning ilmiy metodologiyasini anglatadi. Chunki uning hayotligida hali bir qancha sahobalar va tobeʼinlarning mavjudligi ularning izidan yetishib chiqayotgan ulamolar uchun ilmlarni saqlab qolish imkoniyatini bergan. Mana shunday ulamolardan biri Аbu Hanifa bo‘lib, Аbu Yusuf bu olimning eng yaxshi shogirdi hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Аbu Yusuf, hanafiylik mazhabi, Аbu Hanifa, fiqhshunos olim, Abbosiylar xalifaligi

Jurnaldagi sahifalar: 43 - 47

Yuklab olish