Muallif: Xojiyeva, Madina; Abduvaxobova, G.A.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ilgari surilgan ideal jamiyat g‘oyasi tahlil qilinadi. Unda mutafakkirning jamiyat tuzilishi, fazilatli jamiyat mezonlari, inson kamoloti hamda rahbarlik haqidagi qarashlari yoritiladi. Forobiy asarlarida jamiyatning rivoji axloq, aql va adolat tamoyillari bilan uzviy bog‘liq holda talqin etiladi. Maqolada uning falsafiy g‘oyalari bugungi kun nuqtai nazaridan ham baholanib, ularning zamonaviy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, “Fozil odamlar shahri” asarining tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati ham asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Fazilatli jamiyat, ideal jamiyat, Al-Forobiy, “Fozil odamlar shahri”, axloqiy qarashlar, inson kamoloti, adolat, aql, boshqaruv, ma’naviy yetuklik.
Jurnaldagi sahifalar: 391 - 394