Muallif: Ismatova, Sarvinoz Alisher qizi
Annotatsiya: O‘rta asr islom mantiqshunoslarining ta’limotlari islom huquqi rivojiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Abu Nasr Forobiyning mantiq va falsafa sohasidagi ta’limoti, shu jumladan yuridik sillogizmlari (huquqiy xulosa chiqarish qoidalari) islom huquqshunosligi — fiqh va uning nazariy asosi bo‘lgan “Usulul fiqh” metodologik asosining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Forobiy Aristotel mantig‘ini islom olamiga moslashtirib, uni nafaqat nazariy fan, balki amaliy huquqiy jarayonlar uchun ham vosita sifatida taqdim etgan. Forobiy o‘zining siyosiy-huquqiy qarashlarida qonun chiqaruvchining mantiqiy fikrlash qobiliyati qanday bo‘lishi kerakligini bayon qilgan. Uning fikricha, qonunlar faqatgina diniy matnlarga emas, balki aqliy mantiqqa ham asoslanishi kerak. Bu qarashlar Markaziy Osiyodagi huquqiy maktablar, xususan, hanafiy mazhabidagi ba’zi tushunchalarning mantiqiy asoslanishiga xizmat qilgan.
Kalit so'zlar: Forobiy, “Isog‘uvchi” (Kirish), “Maqulot” (Kategoriya), “Ibora” (Hukm), “Qiyos” (Sillogizm, “Birinchi analitika”), “Burhon” (Isbotlash, “Ikkinchi analitika”), “Jadal” (Dialektika), “Safsata” (Sofistik raddiya), “Xitoba” (Ritorika), “She’r” (Poetika)
Jurnaldagi sahifalar: 92 - 95