Muallif: Xabibjonov, Izzatbek Dilshodjon o‘g‘li; Pulatov, Sherdor Nematjonovich
Annotatsiya: Sharq Uyg‘onish davrining yеtuk qomusiy olimi, faylasuf Abu Nasr Forobiyning davlat va huquq haqidagi ta'limoti u qoldirgan ilmiy mеrosning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mutafakkirning jamiyat va davlatshunoslik sohasidagi qarashlarining shakllanishi va rivojlanishi u yashab, ijod qilgan davr –O‘rta Osiyo hududlarining arab xalifaligiga bo‘ysundirilgan davrlariga to‘g‘ri kеladi, hamda o‘sha vaqtdagi kishilik jamiyatining ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma'naviy rivojlanishi muammolarini o‘zida aks ettiradi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu Sharq olimining ko‘pgina fikrlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa, turlicha tarixiy davrlarda o‘ziga xos tarzda talqin qilinishi mumkin bo‘lgan qator muhim fikrlar mavjud.
Kalit so'zlar: Sharq Uyg‘onish, Abu Nasr Forobiy, davlat, huquq, siyosat, tarbiya, axloq.
Jurnaldagi sahifalar: 891 - 901