01.06.2026
40
ABU ALI IBN SINONING “AL-ISHOROT VA AT-TANBIHOT” ASARIDAGI TASAVVUFIY QARSHALARNING FALSAFIY TAHLILI

Muallif: Jurayev, Sherali Soibnazar o‘g‘li

Annotatsiya: Ma’lumki, Ibn Sino o‘zining “Al-Ishorot va at-Tanbihot” (Ishoralar va tanbehlar) asarining yakuniy qismida so‘fiylikka oid atamalar lug‘atidan keng foydalanadi. Shu sababli ayrim tadqiqotchilar ushbu davriga mansub asarda Ibn Sino diniy qarashni asoslashini yoki tasavvufga moyil bo‘lgan, degan xulosaga kelishgan. Mazkur maqola asarning eng muhim parchalarini batafsil tahlil qilish asosida bunday talqin yetarli darajada asosli emasligini ko‘rsatadi. Chunki Ibn Sino “Al-Ishorot va at-Tanbihot”ning so‘nggi to‘rtinchi bo‘limida uchraydigan so‘fiylarga oid tushunchalarni o‘ziga xos tarzda sharhlaydi. Aslida uning bu tushunchalardan foydalanishi so‘fiy adabiyotlarda yoki “tasavvuf” falsafasida ularga berilgan ma’nolar bilan deyarli umumiylikka ega emas. Maqolada xulosa qilinishicha, Ibn Sino asarning yakuniy qismida “tasavvuf”ni emas, balki tasavvufiy atamalar, iboralar va hodisalarni aql va mantiq asosida sharhlovchi “tasavvufning falsafiy talqini”ni taqdim etadi.

Kalit so'zlar: Ibn Sino, Al-Ishorot va at-Tanbihot, oriflar maqomi, tasavvuf, tasavvufning falsafiy talqini.

Jurnaldagi sahifalar: 76 - 82

Yuklab olish