07.06.2026
16
ABDURAUF FITRATNING “RAHBARI NAJOT” RISOLASIDA XALQ MA’RIFATI VA TARBIYA KONSEPSIYASI

Muallif: Musurmonova, Sevinch Alisher qizi; Ikramova, Iroda Rixsivayevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdurauf Fitratning “Rahbari najot” asari asosida jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni tahlil qilinadi, muallif tomonidan ilgari surilgan fikrlar orqali ilmsizlik, jaholat va noto‘g‘ri tarbiyaning salbiy oqibatlari ochib beriladi. Shuningdek, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, yosh avlodni zamonaviy bilimlar asosida tarbiyalash zarurati asoslab beriladi. Maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi qarashlar hamda Imom Muslim rivoyat qilgan hadis mazmuni bilan uyg‘un holda tarbiya masalasining ahamiyati yoritiladi. Natijada, to‘g‘ri tarbiya jamiyat rivoji va inson kamolotining muhim omili ekanligi xulosalanadi.

Kalit so'zlar: “Rahbari najot”, yoshlar tarbiyasi, jadidchilik, ota-ona mas’uliyati, jamiyat taraqqiyoti, jaholat, ilmsizlik, ma’naviyat, ilm, ma’rifat.

Jurnaldagi sahifalar: 324 - 328

Yuklab olish