Muallif: Shukurxo‘jayev, Nizomiddin Zuhriddin o‘g‘li; Muhammedov, Asror Asadovich
Annotatsiya: Ushbu maqola Abdulla Avloniy tomonidan yozilgan “Turkiy Guliston yohut axloq” asarining falsafiy tahliliga bagʻishlangan. Asarda axloqiy qadriyatlar, maʼrifatparvarlik, milliy oʻzlik, ijtimoiy masʼuliyat va adolat singari tushunchalar keng yoritilgan. Avloniy oʻz asarida insonni faqat jismoniy jihatdan emas, balki maʼnaviy jihatdan ham yuksaltirish, millatni maʼrifat nuri orqali rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi. Maqolada asarning maqsadi, mazmuni, axloqiy asoslari, shaxsiy fazilatlar, jamiyatdagi axloqiy munosabatlar va milliy oʻzlikni anglash masalalari keng yoritilib, Avloniyning falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Ushbu tahlil orqali Avloniyning maʼrifatparvarlik gʻoyalari va ularning zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi ochib berilgan
Kalit so'zlar: Axloq, xulq, jadidchilik, tarbiya, darslik, maʼrifatchilik, jamiyat, millat.
Jurnaldagi sahifalar: 824 - 834